Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi

Ushbu Qonunning maqsadi sugʻurta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sugʻurtasi va davlat tibbiy sugʻurtasi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda sugʻurta sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.