Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 11-modda. Sugʻurta obyektlari

Jismoniy shaxslarning maʼlum bir yoshgacha yoki muddatgacha yashashi yoxud jismoniy shaxslarning hayotida boshqa voqealar yuz berishi, shuningdek ularning oʻlimi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar yoki jismoniy shaxslarning sogʻligʻiga zarar yetkazilishi, shuningdek baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida ularning oʻlimi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar hayotni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin. Tibbiy xizmatlar (tibbiy yordam, dori-darmonlar bilan taʼminlash) hamda boshqa xizmatlar tashkil etilishini va koʻrsatilishini talab etayotgan shaxs sogʻligʻining yoki holatining buzilishi oqibatida bunday xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatish uchun, shuningdek shaxsning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan tahdidlar darajasini kamaytiradigan va (yoki) ularni bartaraf etadigan profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun haq toʻlash bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar tibbiy sugʻurta obyektlari boʻlishi mumkin. Mol-mulkning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kamomadi yoki shikastlanishi tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar mol-mulkni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin. Sugʻurta qildiruvchining (sugʻurtalangan shaxsning) daromadlar ololmaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning kutilmagan xarajatlari yuzaga kelishi tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari mulkiy sugʻurtada moliyaviy tavakkalchiliklarni sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin. Tadbirkorning kontragentlari tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tadbirkorlik faoliyatidan zararlar yuzaga kelishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra ushbu faoliyatning shartlari oʻzgarishi tavakkalchiligi, shu jumladan kutilayotgan daromadlarni ololmaslik tavakkalchiligi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin. Quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish obyektlari boʻlishi mumkin: jismoniy shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga, yuridik shaxsl