Sugʻurta qildiruvchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs sugʻurta brokeridir. Sugʻurta brokerining faoliyati sugʻurta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qoʻshib olib borilishi mumkin emas, bundan qayta sugʻurta brokerining faoliyati mustasno. Sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas. Sugʻurta brokeri oʻzi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.