Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 16-modda. Qayta sugʻurta brokeri

Oʻz nomidan va qayta sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi sugʻurtalovchining topshirigʻiga binoan qayta sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs qayta sugʻurta brokeridir. Qayta sugʻurta brokeri oʻz faoliyatini vakolatli davlat organini xabardor qilgan holda boshlaydi va tugatadi. Qayta sugʻurta brokerining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatining talablari va shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Qayta sugʻurta brokeri sugʻurtalovchining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas. Qayta sugʻurta brokeri oʻzi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.