Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 18-modda. Sugʻurta agenti

Sugʻurtalovchining nomidan va topshirigʻiga binoan sugʻurta shartnomasini tuzishni hamda uning bajarilishini tashkil etishga doir faoliyatni vositachilik haqi evaziga amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs sugʻurta agentidir. Sugʻurta agenti bir vaqtning oʻzida sugʻurtalovchining boshqaruv va nazorat organlari aʼzolari hamda rahbarlari, shuningdek xodimi sifatida ish yuritishi mumkin emas. Sugʻurta agenti oʻz faoliyatini sugʻurtalovchilar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi. Sugʻurta agenti faqat oʻzi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan sugʻurtalovchining reyestriga kiritilganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Quyidagilarga: sugʻurta agentining tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta shartnomalari tuzishiga; yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta agentlari sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sugʻurta shartnomalarida sugʻurta agenti sifatida ish yuritishiga; sugʻurta agentining qonunchilik bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirishiga. agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta boʻyicha sugʻurta agentining Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalari tuzish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi; Jismoniy shaxs boʻlgan sugʻurta agenti oʻz nomiga, yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari, eri, xotini, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erining, xotinining ota-onasi, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari) nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta sh