Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotining miqdorini belgilashda oʻzi ishlab chiqqan sugʻurta tariflarini qoʻllashga haqli boʻlib, bu tariflar sugʻurta obyekti va sugʻurta tavakkalchiligining xususiyati hisobga olingan holda sugʻurta summasi birligidan undiriladigan mukofotni belgilaydi. Sugʻurtaning ayrim turlari boʻyicha sugʻurta mukofotining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan sugʻurta tariflariga muvofiq aniqlanadi.