Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida ish yuritishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning mulkiy manfaatlarini sugʻurta qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan sugʻurta tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.