Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 42-modda. Sugʻurta faoliyatini litsenziyalash

Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. Litsenziya sugʻurtalovchiga hayotni sugʻurta qilish sohasida yoki umumiy sugʻurta sohasida yoxud faqat qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, bundan umumiy sugʻurta sohasining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari (klasslari) mustasno. Umumiy sugʻurta sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomalarini tuzishga haqli emas. Litsenziyada sugʻurtalovchi amalga oshirishni moʻljallayotgan sugʻurta turlari (klasslari) koʻrsatiladi.