Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 43-modda. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turishning oʻziga xos xususiyatlari

Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish uning yangi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini tuzishini, shu jumladan amaldagi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini uzaytirishni taqiqlashga sabab boʻladi. Litsenziyasi toʻxtatib turilgan sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) ilgari tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.