Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sugʻurtalovchining asosiy vazifalarini taʼminlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar toʻlanganidan keyin quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning talablari; ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari; uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari; toʻrtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlariga doir talablar. Koʻrsatilgan talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar hamda jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi; beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.