Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 47-modda. Vakolatli davlat organi

Sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish, tartibga solish hamda prudensial nazorat boʻyicha vakolatlarni amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Vakolatli davlat organi: bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp yoki eng kam miqdorini va majburiyatlarning jami miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlovga qobiliyatliligiga doir axborotni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va ularning moliyaviy barqarorligining boshqa talablari taʼminlanishini nazorat qiladi; sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalaydi, qayta sugʻurta brokeri, sugʻurta syurveyeri, adjaster, aktuar tashkilot va assistans faoliyati yuzasidan xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi hamda ularning reyestrini yuritadi; sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablagʻlarning hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi; sugʻurta zaxiralari mablagʻlarining eng kam miqdorini belgilaydi; sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va ular tomonidan eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi; qonunchilikka muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshirishni amalga oshiradi va ularga aniqlangan qoida