Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 50-modda. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari

Davlat sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) mulkiy huquqlariga va boshqa huquqlariga hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini, sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdagi erkin raqobat sharoitlarini kafolatlaydi. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) faoliyatiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan aralashish, agar bu sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) faoliyati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari bilan bogʻliq boʻlmasa, taqiqlanadi.