Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 58-modda. Moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish

Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari moliyaviy hisobotlarni vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan shaklda eʼlon qiladi. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlari oʻz mablagʻlari holatiga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlilikka, tavakkalchiliklarning katta-kichikligiga va boshqa muhim koʻrsatkichlarga (normativlarga) bogʻliq boʻlgan axborotni oshkor etishi kerak. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining yillik moliyaviy hisoboti auditorlik xulosasisiz eʼlon qilinmaydi.