Sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va naf oluvchilar toʻgʻrisidagi, sugʻurta qildiruvchilar hamda sugʻurtalangan shaxslar sogʻligʻining holati, sugʻurtalangan mol-mulk, sugʻurta summasi haqidagi, bank hisobvaraqlarining mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinmaydi. Sugʻurta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, taklif etilayotgan sugʻurta bitimlari va operatsiyalarining roʻyxati, sugʻurta tariflari, sugʻurta turlari hamda muddatlari ochiq axborot boʻlib, sugʻurta siri predmeti boʻlishi mumkin emas. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar sugʻurta qildiruvchining, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning va naf oluvchilarning oʻziga taalluqli maʼlumotlarga doir yozma roziligi asosida uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin. Sugʻurtalovchilar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga sugʻurta qildiruvchining roziligini olmagan holda, belgilangan tartibda taqdim etadi. Sugʻurtalovchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni sudga, prokurorga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda esa surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sugʻurta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochilariga, shuningdek qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga sugʻurta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda, belgilangan tartibda taqdim etadi. Sugʻurtalovchilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni, bundan sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar sogʻligʻining holati toʻgʻrisi