Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 22-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari

Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda olib boriladi. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hal qiladi.