Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti

Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy tartiboti: tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun toʻlov undirishni; ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun utilizatsiya yigʻimi (bundan buyon matnda utilizatsiya yigʻimi deb yuritiladi) undirishni; kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va oʻzga imtiyozlar berishni; ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qoʻllanganlik va oʻzga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni; atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan oʻzga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olishni; tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni; tabiat obyektlarini buzish yoki yoʻq qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni; tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikning normativ-texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar boʻyicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlar