Tabiatdan maxsus foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlardan utilizatsiya yigʻimidan, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) hamda issiqxona gazlari ajratmalari uchun kompensatsiya toʻlovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlardan iborat boʻladi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara toʻlovining miqdori tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni inobatga olgan holda, shuningdek tegishli limitlar qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi. Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, koʻrsatgan xizmatlarining) tannarxiga qoʻshiladi. Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun, shuningdek tabiatdan limitda (normativda) belgilanganidan tashqari va oʻzgacha tarzda nooqilona maxsus foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yuridik shaxsning daromadidan (foydasidan) undiriladi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik, ularni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun toʻlov Davlat budjetiga tushadi. A