Yuridik va jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga, inson salomatligi va odamlarning mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga ziyon yetkazayotgan ekologiya jihatidan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilishga haqlidirlar. Sudning ekologiya nuqtai nazaridan zararli faoliyatni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori aytib oʻtilgan faoliyatni pul bilan taʼminlashni toʻxtatish uchun asos boʻladi.