Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yoʻsinda foydalaniladi. Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi. Tabiatdan maxsus yoʻsinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va oʻzga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.

II. DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARINING TABIATNI MUHOFAZA ETISHGA TAALLUQLI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI