Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 60-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik

Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining besh baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.