Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.