Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Tadbirkorlarga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.