Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari

Yuridik shaxs boʻlmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab oʻtish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin.