Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.