Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi. Mol-mulk mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.