Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 24-modda. Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Fuqarolarga fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.