Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.