Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh