Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi. Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.