Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar

Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi boʻlganda yoʻl qoʻyiladi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.