Davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida: tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni oʻrganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi; tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi; tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda koʻmaklashadi; tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda koʻmaklashadi; tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi; tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashadi; tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.