Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga moʻljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan koʻproq oshib ketmaydigan miqdorda qoʻllashga haqli. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan koʻproq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega. Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan eʼtiboran ikki yil oʻtgunga qadar tugatilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi koʻpayishi hisobiga qaytarilishi kerak.