Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi. Tadbirkorlik subyekti faoliyatining toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.