Taʼlim toʻgʻrisida 13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini taʼminlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini taʼminlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat taʼlim talablari bilan belgilanadi.