Taʼlim toʻgʻrisida 18-modda. Oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish

Davlat oilada taʼlim olishga va mustaqil taʼlim olishga koʻmaklashadi. Bolalarning oilada taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olish uslubiy va maslahat yordami koʻrsatilgan holda tegishli oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish tartibi, shuningdek taʼlim oluvchilarning toifalari taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Oilada taʼlim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat taʼlim muassasasi hamda taʼlim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mustaqil taʼlim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda taʼlim oluvchilarni kasbiy, intellektual, maʼnaviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi. Oilada taʼlim olgan va mustaqil taʼlim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni berish davlat taʼlim muassasalarining tasdiqlangan oʻquv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.