Taʼlim toʻgʻrisida 21-modda. Eksternat tartibidagi taʼlim

Eksternat tartibidagi taʼlim olish oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha taʼlim oluvchilardan davlat taʼlim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtishni talab etadi. Eksternat tartibidagi taʼlim olishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.