Taʼlim toʻgʻrisida 4-modda. Taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplar

Taʼlim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: taʼlim ustuvorligining tan olinishi; taʼlim olish shaklini tanlash erkinligi; taʼlim sohasida kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmasligi; taʼlim olishga doir teng imkoniyatlarning taʼminlanishi; taʼlim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; taʼlim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; taʼlimning uzluksizligi va izchilligi; oʻn bir yillik taʼlimning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni bir yil davomida umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashning majburiyligi; davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi; oʻquv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida taʼlim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va isteʼdodning ragʻbatlantirilishi; taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uygʻunligi; taʼlim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.