Taʼlim tashkilotlarida (bundan oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari mustasno) taʼlim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qoʻshimcha taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli. Taʼlim oluvchilarning ayrim toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kiyim-bosh bilan taʼminlanadi.