Taʼlim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qoʻyiladi. Apostilga qoʻyilgan imzo, muhr yoki shtamp qoʻshimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi. Taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan amalga oshiriladi.