Taʼlim toʻgʻrisida 72-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi 463-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 11-12, 295-modda); 2) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 464-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 225-modda); 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 465-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 226-modda); 4) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 9-aprelda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-87-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 160-modda) 1-moddasi ; 5) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 15 va 16-moddalari ; 6) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 14 va 15-moddalari ; 7) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbek