Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 110-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy

Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari mustasno. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati ichida: undiruv soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar boʻyicha undiruvga yoʻl qoʻyilmaydi; pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar mustasno. Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha kreditorlar talablarining summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan eʼtiboran va sud tomonidan shu navbat talablari boʻyicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanishi lozim. Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 119-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qopla