Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas. Qarzdorga nisbatan bajariladigan barcha harakatlar kreditorlar nomidan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlar yigʻilishida yoki kreditorlar qoʻmitasida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi. Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi: kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror; kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qaror; sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash yoki qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror; sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni toʻlash jadvalini maʼqullash haqidagi qaror; tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoid