Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin. Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xom ashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mutlaq huquqlar oʻzga shaxslarga oʻtkaziladi, bundan boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar mustasno. Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Agar qarzdorning hisobvaragʻidagi pul mablagʻi uning mol-mulkini baholash uchun yetarli boʻlmasa, tashqi boshqaruvchi bu haqda kreditorlarni xabardor qilishi kerak. Bunday holda qarzdorning mol-mulkini baholash boʻyicha xarajatlar kreditorlar tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xarajatlar qarzdor korxona mol-mulkining sotilishi natijasida qarzdorning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan, ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda navbatdan tashqari qoplanadi. Zarur boʻlgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar qarzdorning mol-mulkini baholash haqidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan mulkiy majmua sifatida realizatsiya qilishga, basha