Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 150-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbati

Sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, joriy kommunal va foydalanish toʻlovlari, qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish xarajatlari, shuningdek qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan joriy toʻlov majburiyatlari boʻyicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻlsa, shu fuqaroning talablari navbatdan tashqari qanoatlantiriladi, bundan ushbu Qonun 154-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar mustasno. Ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun qarzdorning yagona hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalariga koʻra haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari birinchi navbatda qanoatlantiriladi. Soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha, majburiy sugʻurta boʻyicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sugʻurtasi boʻyicha talablar, shuningdek kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarining garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli boʻlmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi hamda kreditorlarning garov bilan taʼminlanmagan talablari ikkinchi navbatda qanoatlantiriladi. Aksiyalar egalarining hisoblangan dividendlar boʻyicha talablari uchinchi navbatda qanoatlantiriladi. Qolgan barcha talablar toʻrtinchi navbatda qanoatlantiriladi. Har qaysi keyingi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talabl