Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi, ushbu mol-mulkni elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosida sotishga kirishadi. Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan boʻlishi kerak. Agar tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi oʻz takliflarini kreditorlarga taqdim etgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi yoxud tugatish boshqaruvchisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Mazkur kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yakunlariga qarab sud mol-mulkni sotish tartibi va muddatlarini (jadvalini) tasdiqlaydi, yoki tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qiladi. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida mol-mulkni sotish muddatlariga (jadvaliga) oʻzgartirishlar kiritishni talab etuvchi holatlar yuzaga kelsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida muddatlarni (jadvalni) oʻzgartirish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishi va kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga taqdim etishi shart. Qarzdorning muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulki faqat elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Elektron onlayn-auksion shaklidagi yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirok etadi. Tugatish boshqaruvchisi elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilga