Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 159-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki

Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga) yoki qarzdorning mol-mulki egasiga beriladi. Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini toʻlash hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditor tomonidan xabarning belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki toʻgʻrisida kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini yozma shaklda xabardor qiladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni toʻlaydi. Mol-mulkni qabul qilish rad etilgan yoki uni qabul qilishdan boʻyin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga undash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sud mol-mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mu