Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi. Kreditorlarning talablari hisobi kreditorlar talablari reyestrida Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan kreditor talablarining aniqlangan miqdori, uning har bir talabining qanoatlantirish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Kreditor talablari bayon etilgan arizada oʻzi haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan firmaning toʻliq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), elektron pochta manzilini (mavjud boʻlgan taqdirda), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek bank rekvizitlarini (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatishi shart. Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs oʻzi xususidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan oʻz talablarining miqdori va tarkibi oʻzgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisini bir haftalik muddat ichida xabardor qilishi kerak. Bunday maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shu munosabat bilan yetkazilgan zarar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar boʻlmaydi. Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi kerak. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qanoatlantirilishining miqdori, tarkibi va navbati toʻgʻrisida bunday talab olingan ku