Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi: jismoniy shaxs mol-mulkining va mulkiy huquqlarining roʻyxati; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi sudga taqdim etilishidan oldingi olti oy uchun uning daromad manbalari haqidagi maʼlumotlar; kreditorlik qarzi, shu jumladan joriy majburiyatlarga doir toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; garovlar reyestrini yuritadigan tashkilotdan olingan kredit hisoboti va jismoniy shaxsning kredit tarixi haqidagi maʼlumotlar; kreditor yoki tegishli vakolatli organ qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini taqdim etganda, agar jismoniy shaxsning eʼtirozlari boʻlsa, uning arizasi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga uning mol-mulkini va mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi.