Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 216-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bajarish

Qarzdor jismoniy shaxs moliyaviy boshqaruvchisi talabiga koʻra jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bajarish muddati tugashidan kamida bir oy oldin moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bajarish natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlashi shart. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bajarish haqidagi hisobot kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan kreditorlarga va tegishli vakolatli organga, shuningdek sudga yuboriladi. Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan talablari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobot koʻrib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan boʻlsa yoki hisobot mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, moliyaviy boshqaruvchi, kreditor yoki tegishli vakolatli organ kreditorlar yigʻilishini chaqiradi. Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritilgan talablari hisobot koʻrib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqadi. Kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining bajarilish muddati tugashidan kamida oʻn toʻrt kun oldin oʻtkazilishi kerak. Hisobot va (yoki) kreditorlar yigʻilishining jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini mudda