Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 217-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish

Sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatadi: rejada va unga ilova qilingan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda; agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning shikoyatlari (arizalari) mavjud boʻlsa, jismoniy shaxsning kreditorlarni mulkiy holatining muhim oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir majburiyati rejada belgilangan tartibda bajarilmaganda; kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi rejaga kiritilgan majburiyatlar jismoniy shaxs tomonidan bajarilmaganda. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kreditor yoki tegishli vakolatli organ jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish huquqiga ega. Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasiga ushbu arizaning koʻchirma nusxalari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. Kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi arizasi mazkur ariza olingan sanadan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kreditorning yoki tegishli vakolatli organning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi shikoyatini (arizasini) koʻrib chiqish chogʻida jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining shartlariga muvofiq jismoniy shaxs oʻzining kreditor yoki tegishli vakolatli organ oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi aniqlansa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish v